O‘rnatish va kafolat

Amortizatorlarni to‘g‘ri almashtirish bo‘yicha tavsiyalar va kafolat shartlari

Kafolat berish shartlari

  • Kafolat muddati tovar xarid qilingan kundan boshlab 6 oyni tashkil etadi.
  • O‘rnatish amortizator stoykasini oldindan damlash (prokachka qilish) texnologiyasiga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
  • O‘rnatish vaqtida changliklar (pilniklar), otboyniklar va yuqori tayanchlarning holati tekshirilishi shart.

Kafolat bo‘yicha murojaat tartibi

  1. +998 90 254 09 99 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali bog‘lanib, nosozlik belgisini (taqillash, moy sizishi) tushuntiring.
  2. Amortizator yoki yechilgan qismni Andijon sh., Sanoat ko‘chasi, 194-uy manziliga olib keling.
  3. Mutaxassis ko‘rikdan o‘tkazadi va almashtirib beradi.

O‘rnatishdan oldin muhim maslahatlar

  • Ikki quvurli amortizatorni o‘rnatishdan oldin vertikal holatda 3–5 marta shtokini oxirigacha bosib-chiqarib damlang (prokachka qiling).
  • Xromlangan shtokni ombur yoki gaz kaliti bilan ushlash qat’iyan man etiladi — har qanday tirnalish salnikni ishdan chiqaradi.
  • Saylentbloklarni yakuniy qotirishni faqat avtomobil g‘ildiraklari yerga tushirilgan holatda bajaring.

Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)

Biz bitta o‘qdagi amortizatorlarni juft almashtirishni qat’iy tavsiya qilamiz. Eski va yangi amortizatorning qarshilik kuchi farq qiladi, natijada yangi ustunga ortiqcha yuk tushib, tez ishdan chiqadi.